Bosh sahifa / “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi

“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi

Farmon bilan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi, endilikda:
 
2026-yil 1-iyulgacha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarning yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi;
Olis va chekka hududlarda xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish uchun foizsiz qarz (ssuda) ajratiladi;
2027-yil 1-yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun belgilangan tartibda ipoteka kreditlarini ajratish yo‘lga qo‘yiladi;
“Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti joriy etiladi;
2027-yildan har 2 yilda 1 marta 12-avgust – Xalqaro yoshlar kuni arafasida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi;
2026-yildan har yili sentyabr oyida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida milliy urf-odatlarga tayanib, yuksak madaniy-estetik me’yorlar hamda xavfsizlikni ta’minlagan holda “Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri” shiori asosida umummilliy yoshlar festivalini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2026-yildan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan yosh ijodkorlarni rag‘batlantirish maqsadida “Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti joriy etiladi. 

2026-yildan hududlarda ta’lim muassasasi, sport obyektlari, yoshlar va madaniyat markazi, kutubxona, kinoteatr, konsert-tomosha zali, ko‘ngilochar saylgoh va bog‘lardan iborat yoshlarga mo‘ljallangan infratuzilma obyektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha minimal standartlar tatbiq etiladi.

23-04-2026, 15:17
Ortga qaytish