Bosh sahifa / Raxbar va yoshlar uchrashuvi

Raxbar va yoshlar uchrashuvi

Uchrashuv davomida texnikum o‘quvchilarining fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari katta qiziqish bilan tinglandi. Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarga joyida amaliy yechimlar topish bo‘yicha atroflicha muhokamalar olib borildi. 

Uchrashuv davomida yoshlarni zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish, ta’lim sifatini yanada oshirish, ularning bilim va iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim takliflar bildirildi.

Boshqarma boshlig'i  sport, ta’lim va fan yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishgan, faol va tashabbuskor yoshlarni  taqdirlab, ularga kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

23-04-2026, 15:42
Ortga qaytish