Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlarning fikr va mulohazalari, taklif hamda tashabbuslari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning amaliyot jarayonlarini sifatli tarzda tashkil etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish, raqamli texnologiyalar sohasida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.