Bosh sahifa / Navoiy shahar kasb-hunar maktabida 4-shoʻba: Ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, biznes va huquq sohasi bo`yicha avgust seminari tashkil etild

Navoiy shahar kasb-hunar maktabida 4-shoʻba: Ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, biznes va huquq sohasi bo`yicha avgust seminari tashkil etild

 Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish. O’quv seminarda  Navoiy shahar kasb-hunar maktabi  o'qituvchilari Nazarova Guliston Bobomurodovna" Ommaviy madaniyat tahdidi va unga qarshi kurashish yo‘llari", Mametova  Saltanat Husenovna "Dual ta' limni joriy etishda  ta' lim  muassasalari faoliyatini samarali  tashkil  etish",Qodirova Feruza Qahramonova "O`quvchi – yoshlarni diniy ekstrimizm va terrorizim xafidan ogoh etish, soxta  diniy g`oyalar va aqidaparastlikka qarshi mustahkam tafakkurni shakillantirish", Turaqulova Umida Zayniddin qizi “ Tarix fanini o‘qitilishida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi”  mavzularida ma’ruza qilishdi. Seminar yakunida ishtirokchilar Navoiy shahar kasb-hunar maktabi binosi va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik darajasini o’rganish maqsadida ekskursiya uyushtirishdi

18-08-2022, 11:44
Ortga qaytish