Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish. O’quv seminarda Navoiy shahar kasb-hunar maktabida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Qutliyev Fazliddin “O‘quvchi-yoshlarni “Internet xurujidan” himoya qilish usullari va yo’llari, Psixolog Mardisadikova Jansaya Bazarbayevna, O‘quvchi-yoshlarni “Internet xurujidan” himoya qilish;" Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shamiyev O‘tkir Nuraliyevich, Ta’lim muassasasida Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, Yoshlar ishlari bo`yicha direкtor o`rinbosari, Muradov Farhod Jo`raqulovich, O‘quvchi-yoshlarni “Internet xurujidan” himoya qilish; Yoshlar yetakchisi Abdulloyev Olimjon Azimjonovich "Ommaviy madaniyat tahdidi va unga qarshi kurash yo‘llari" mavzularida ma’ruza qilishdi.