Bosh sahifa / "Ona tilim-sen faxrim, shonim "

"Ona tilim-sen faxrim, shonim "

 O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Uchquduq tuman kasb-hunar maktabi o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan "Ona tilim -sen faxrim, shonim " shiori ostida ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmatini  ifoda etib tadbir tashkil etildi. Bunda kasb-hunar maktabi direktori B.K.Qodirov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari B.S.Alimov so'zga chiqib bayram munosabati bilan o'z tabrik so'zlarini o'qib eshittirishdi. Tadbir sherlar va kuy qo'shiqlar jo'rligiga hamohang tarzida va yuqori ruhda bo'lib o'tdi. Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e'tiborni mustaqillikka bo‘lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim!

21-10-2022, 17:03
Ortga qaytish