Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari A.Axadov boshchiligida bir guruh texnikum rahbarlari Belarus Respublikasining go‘zal Gomel shahriga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad -zamonaviy kasb-hunar ta’limi tizimidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ta’lim jarayoniga tatbiq etilayotgan innovasion texnologiyalar va amaliy mashg‘ulot bazalari bilan yaqindan tanishishdan iborat.
Tashrifning muhim nuqtalari:
Zamonaviy laboratoriyalar: Har ikkala muassasaning o‘quv va amaliyot xonalari, avtomexanika hamda mashinasozlik yo‘nalishidagi so‘nggi rusumdagi sinov uskunalari ko‘zdan kechirildi.
Kadrlar tayyorlash tizimi: Mehnat bozori talablariga mos ravishda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, dual ta’limni samarali tashkil etish tajribasi atroflicha o‘rganildi.