loyihasi doirasida professional ta’lim tizimi takomillashtiriladi
Germaniya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti direktori Mattias Foss boshchiligidagi delegatsiyani Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov qabul qildi.
Uchrashuvda “Mas’uliyatli moliya” loyihasi doirasida professional ta’lim tizimi o‘quvchilarining tadbirkorlik ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini rivojlantirish va mustahkamlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish, trenerlar tayyorlash va o‘quv dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

