Konimex tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 2-dekabr kuni iqtidorli o'quvchi-yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularning iqtidorini namoyon qilish maqsadida bo'lim boshlig'i D.Tosheva boshchiligida "IQTIDORINGNI NAMOYON ET" mavzusida ko'rik tanlov o'tkazildi.
Tadbir davomida o'quvchi-yoshlar "BESH TASHABBUS" doirasida raqs, san'at musiqa yo'nalishlari bo'yicha o'zlarining iqtidorlarini namoyish etdilar.
Tadbir yakunida hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, g'oliblikni qo'lga kiritgan va faol ishtirok etgan o'quvchi-yoshlar kasb-hunar maktabi faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.