O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirining professional ta'limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari SIDDIQOVA SADOQAT G'AFFAROVNA Navoiy viloyatida. Ayni damda Konimex tuman kasb-hunar maktabida tahsil olayotgan o'quvchi yoshlarning o'quv jarayoni bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi. Maktabda muhandis-pedagoglar bilan uchrashib, o'quv amaliyot ustaxonasi, o‘quv xonalari hamda bugungi kundagi ta’lim jarayonlari, o'quvchilarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.Tashrif so'ngida muhandis-pedagoglar bilan o'tkazilgan samimiy suhbat barchada o'zgacha taassurotlar qoldirdi. Suhbat yakunida Sadoqat G'affarovna o'zining tegishli ko'rsatma va takliflarini berdi.