Tashrif davomida ta’lim muassasada amalga oshirilayotgan ishlar va ta’lim mazmuni bilan tanishish hamda maktab oʻquvchilarining davomati, oʻqituvchilarning darsga tayyorgarlik holati, jurnallarning yuritilish ahvoli, bugungi kunda ta'lim jarayonida jihozlardan qanday foydalanilayotganligi, oʼquvchilarning oʼzi tanlagan kasblari boʼyicha olayotgan bilimlari va taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif so'ngida byudjetdan tashqari mablag’ to'plash maqsadida kasb-hunar maktabida tashkil etilgan “Penoblok ishlab chiqarish”, “Sovun ishlab chiqarish”, “Metall konstruksiyalar ishlab chiqarish” sexlarida bo’lib o'zining tegishli ko'rsatma va takliflarini berdilar.