Bosh sahifa / Tabriklaymiz!

Tabriklaymiz!

 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganliging 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasi  Konstitusiyasining 30 yilligi» esdalik nishonlari topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan hissasi uchun Xatirchi agrotexnologiyalari texnikumi direktori Miyliyev Yusuf Haqnazarovich "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi" estalik nishoni bilan taqdirlandi. Kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz! Safimizda shunday yutuqlarga munosib ustozlar ko‘payaversin!

7-12-2022, 16:36
Ortga qaytish