Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamda yuridik texnikumi rahbariyati tomonidan "Idrok" intellektual o'yinining g‘oliblari va ularning ota-onalarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. 2022-yilning 12-13 dekabr kunlari Adliya vazirligi tashabbusi bilan barcha yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari o‘rtasida «Idrok» intellektual o‘yinining yakuniy Respublika bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tanlovning natijalarga ko‘ra 2-o'rinni qo'lga kiritgan Navoiy viloyati yuridik texnikumi yoshlarini taqdirlash marosimida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ota - onalarga minnatdorchilik xatlari hamda esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.