Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ko‘tarilgan ustuvor yo‘nalishdagi vazifalar mazmun-mohiyati hamda ta’lim muassasasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini o‘quv jarayoniga keng joriy etishdan iborat. Seminarda barcha o'qituvchi va muhandis pedagoglar o'zlarini qiziqtirgan savollar va takliflar bilan ishtirok etishdi.