Bosh sahifa / Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida

Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida

 Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 16-mart kuni maktabning birinchi va ikkinchi bosqich oʻquvchi-yoshlari ishtirokida bahor faslining nafis va goʻzal bayramlaridan, butun dunyo musulmon olamining yangi yil ayyomi, yangilanish-yasharish kuni Navroʻz bayramini keng nishonlash maqsadida "Har kuning boʻlsin Navroʻz, jonajon Oʻzbekistonim" shiori ostida, koʻtarinki ruhda katta bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilar oʻrtasida tosh koʻtarish, arqon tortish sport musobaqalari shuningdek bayramona milliy taomlardan Navroʻz dasturxoni bezatish kabilar tashkil etildi. Bayram tadbirida  oʻquvchilar milliy urf-odatlarimizdan kelin salomlar, lapar-u oʻlanlar aytishgani yigʻilganlarga oʻzgacha zavq-shavq ulashdi.

17-03-2023, 16:03
Ortga qaytish