Bosh sahifa / Navoiyning payvandlash ustalari xalqaro sertifikat olishga tavsiya etildi

Navoiyning payvandlash ustalari xalqaro sertifikat olishga tavsiya etildi

Navoiy shahar texnikumida Toshkent xalqaro sertifikatsiyalash akademiyasi huzuridagi “PERSONAL” o‘quv markazi tomonidan Navoiy viloyatidagi kasbiy ta’lim tashkilotlarining “Payvandlash” bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limi ustalari malakasini xalqaro standartlar asosida baholash va sertifikatlash maqsadida sinov jarayonlari o‘tkazildi.

Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini baholash jarayonining shaffofligi, natijalarning xolisligini  ta’minlash maqsadida Latviyaning “Certifikation Centre” tashkilotidan malakali xorijiy ekspertlar jalb etildi. Baholash ikki bosqichda — ko‘rgazmali-amaliy hamda nazariy imtihon shaklida o‘tkazildi. 

Natijalarga ko‘ra:
🔹  18 nafar ishtirokchidan 9 nafari muvaffaqiyatli baholanib, xalqaro sertifikat olishga tavsiya etildi.

Sinovdan o‘ta olmagan ishtirokchilarga esa malakasini oshirish uchun bir oylik o‘quv kurslarida qatnashib, keyinchalik qayta sertifikatlash jarayonida ishtirok etish tavsiya qilindi.

14-04-2026, 12:28
Ortga qaytish