Hamkorlik doirasida:
— Texnikum o‘quvchilarini IT sohasiga jalb etish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
— Ta’lim kontentlari va ma’lumotlarini ishlab chiqish hamda almashish;
— O‘quvchilarni xalqaro mehnat bozori talablariga mos tayyorlash;
— Yetakchi kompaniyalarda stajirovkalar tashkil etish;
— Texnikum bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
— Ekspertlar almashinuvi va qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish;
— “School 21” bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikka erishildi.
Dastlab Toshkent shahar va Samarqand shahar texnikum o‘quvchilarini, keyinchalik esa Respublikaning barcha hududlaridagi texnikum o‘quvchilarini Raqamli texnologiyalar maktabi “School 21” orqali IT sohasiga tizimli jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.