#Bugundan yangi o‘quv yili boshlandi!
Navoiy viloyatidagi barcha professional ta’lim muassasalarida bugundan yangi 2021/2022 o‘quv yiliga start berildi.
Professional ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili karantin qoidalariga rioya qilingan holda belgilangan tartib bo‘yicha amalga oshirilmoqda. O‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy tarzda amalga oshirilmoqda. Yangi o‘quv yili mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida tashkil etildi. Barcha muassasalarda yangi o‘quv yilining ochilishi bilan bir qatorda "Mustaqillik darslari" tashkil etildi. "Mustaqillik darslari"da mustaqil O‘zbekistonimizning bosib o‘tgan yo‘llariga bag‘ishlangan videoroliklar hamda taqdimotlar namoyish etilib, tajribali ustozlar tomonidan darslar bayramona ko‘tarinki ruxda tashkil etildi.



