❓122-SAVOL:
Assalomu alaykum, men kollej.edu.uz orqali hujjat topshirdim. Aytishlaricha imtihonsiz oʻqishga qabul qilinishim mumkin ekan. Shunday boʻlishi mumkinmi? Yoki imtihon boʻladimi?
✅ JAVOB:
Amaldagi tartibga asosan (https://lex.uz/ru/docs/-5096886), kollejlar, texnikumlarga kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng bo‘lganda, abituriyentlar tanlovsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi. Ammo, agarda kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha tushgan arizalar soni tasdiqlangan kvotadan ortiq boʻlganda kirish imtihonlari kasb va mutaxassislik xususiyatiga koʻra test sinovlari, kasbiy (ijodiy) yoki yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.