Bosh sahifa / “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Kasblar festivali” tadbiri.

“Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Kasblar festivali” tadbiri.

Tadbir doirasida texnikumlar faoliyati, zamonaviy kasb yo‘nalishlari hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida maxsus ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Unda texnikum bitiruvchilari, o‘quvchi-yoshlar hamda ota-onalar uchun:
🔺ta’lim yo‘nalishlari,
🔺amaliy o‘quv jarayonlari,
🔺zamonaviy laboratoriya va ustaxonalar,
🔺bitiruvchilarning yutuqlari,
🔺ish beruvchilar bilan hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Festival davomida ishtirokchilar kasb-hunar sirlari, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar hamda texnikumlardagi ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Tadbir qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

13-05-2026, 15:10
Ortga qaytish