

Tadbir doirasida texnikumlar faoliyati, zamonaviy kasb yo‘nalishlari hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida maxsus ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Unda texnikum bitiruvchilari, o‘quvchi-yoshlar hamda ota-onalar uchun:
🔺ta’lim yo‘nalishlari,
🔺amaliy o‘quv jarayonlari,
🔺zamonaviy laboratoriya va ustaxonalar,
🔺bitiruvchilarning yutuqlari,
🔺ish beruvchilar bilan hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Festival davomida ishtirokchilar kasb-hunar sirlari, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar hamda texnikumlardagi ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Tadbir qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.





















