Bosh sahifa / Navbahor suv xo'jaligi va melioratsiya kollejida 7-shoba: Qishliq va suv xo'jaligi sohasi boyicha avgust seminari tashki

Navbahor suv xo'jaligi va melioratsiya kollejida 7-shoba: Qishliq va suv xo'jaligi sohasi boyicha avgust seminari tashki

  Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish. O’quv seminarda Navbahor suv xo'jaligi va melioratsiya kolleji  o'qituvchilari B.H.Mansurov "Suv tejovchi sug’orish texnologiyalari   yonalishlarida  oquv  va  ishlab  chiqarish  amaliyotlarini   tashkil  etish   ", Yo.Norov "O’quv amaliyotlari  jarayonida  sohaga  oid  yangi  texnologiyalardan foydalanish"  va Xatirchi agrotexnologiyalari texnikumi maxsus fan oqituvchisi  Pirmatova Umida  "Amaliy  mashg’ulotlarda qo’llaniladigan xom-ashyolardan unumli foydalanish mavzularida ma’ruza qilishdi. Seminar yakunida ishtirokchilar Navbahor suv xo'jaligi va melioratsiya kolleji binosi va yangi texnologoyalar bilan tanishish maqsadida ekskursiya uyushtirishdi

24-08-2022, 12:38
Ortga qaytish