Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish. O’quv seminarda Navbahor suv xo'jaligi va melioratsiya kolleji o'qituvchilari B.H.Mansurov "Suv tejovchi sug’orish texnologiyalari yonalishlarida oquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish ", Yo.Norov "O’quv amaliyotlari jarayonida sohaga oid yangi texnologiyalardan foydalanish" va Xatirchi agrotexnologiyalari texnikumi maxsus fan oqituvchisi Pirmatova Umida "Amaliy mashg’ulotlarda qo’llaniladigan xom-ashyolardan unumli foydalanish mavzularida ma’ruza qilishdi. Seminar yakunida ishtirokchilar Navbahor suv xo'jaligi va melioratsiya kolleji binosi va yangi texnologoyalar bilan tanishish maqsadida ekskursiya uyushtirishdi




















