Bosh sahifa / Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 539 yil

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 539 yil


 Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir, tarixchi, olim. davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo oilasida tugʻilgan.

Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 1494-yilda 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi.

Bobur 1530-yili 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etgan.

Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sarrishtayi ayshdin koʻngulni zinhor
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.

14-02-2022, 09:08
Ortga qaytish