Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir, tarixchi, olim. davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo oilasida tugʻilgan.

Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 1494-yilda 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi.

Bobur 1530-yili 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etgan.

Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sarrishtayi ayshdin koʻngulni zinhor
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.