Bosh sahifa / LOYIHA VAKILLARI KOLLEJ FAOLIYATI BILAN TANISHDI

LOYIHA VAKILLARI KOLLEJ FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Suv xo‘jaligi vazirligi, Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi. 2-bosqich” doirasida yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari hamda laboratoriya jihozlari Navbahor suv xo‘jaligi va meliorasiya kollejiga taqdim etilgan edi. Jumladan, mazkur ta’lim muassasasi 159 million so‘mlik  suv tejovchi texnologiyalarning asbob-uskunalari bilan jihozlangan o‘quv laboratoriya xonasi hamda maxsus o‘quv-tajriba maydonchasi  bilan ta’minlandi.Hozirda kollej o‘quvchilari bu yerda suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.
Loyiha vakillari kollejda bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdilar.

11-01-2023, 11:52
Ortga qaytish