Suv xo‘jaligi vazirligi, Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi. 2-bosqich” doirasida yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari hamda laboratoriya jihozlari Navbahor suv xo‘jaligi va meliorasiya kollejiga taqdim etilgan edi. Jumladan, mazkur ta’lim muassasasi 159 million so‘mlik  suv tejovchi texnologiyalarning asbob-uskunalari bilan jihozlangan o‘quv laboratoriya xonasi hamda maxsus o‘quv-tajriba maydonchasi  bilan ta’minlandi.Hozirda kollej o‘quvchilari bu yerda suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.
Loyiha vakillari kollejda bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdilar.