Bosh sahifa / QISHKI TA'TILDAN SO‘NG DARS JARAYONLARIGA TAYYORGARLIGI O'RGANILMOQDA

QISHKI TA'TILDAN SO‘NG DARS JARAYONLARIGA TAYYORGARLIGI O'RGANILMOQDA

Viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Ulugʻberdiyev joriy yilning 18-yanvar kuni Uchquduq tuman kasb-hunar maktabiga tashrif buyurib maktabning oʻquv ustaxonasida boʻlib oʻquvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari (ICHTU) ning taʼlimni tashkil qilishda yangi innovatsion texnologiyalaridan foydalanish  jarayonini kuzatdi. Dars jarayonlari bilan tanishish vaqtida N.Ulugʻberdiyev tarixiy davrdagi oʻzining ilmi bilan butun dunyoni lol qoldirgan "Muhaddislar sultoni", "Al-Jome' as-Sahih" asari muallifi Imom al-Buxoriy shuningdek Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariylar hayot yoʻlini ibrat sifatida oʻquvchi-yoshlarga aytib oʻtdi. Shundan soʻng boshqarma boshligʻi kasb-hunar maktabining oʻquvchi yoshlar uyida boʻlib oʻquvchilarning yashash sharoiti, issiqlik tizimi holati bilan tanishib oʻquvchilarga ayni vaqtda taʼlim olishi va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishi boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib  oʻtdi.

19-01-2023, 17:20
Ortga qaytish