Viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Ulugʻberdiyev joriy yilning 18-yanvar kuni Uchquduq tuman kasb-hunar maktabiga tashrif buyurib maktabning oʻquv ustaxonasida boʻlib oʻquvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari (ICHTU) ning taʼlimni tashkil qilishda yangi innovatsion texnologiyalaridan foydalanish jarayonini kuzatdi. Dars jarayonlari bilan tanishish vaqtida N.Ulugʻberdiyev tarixiy davrdagi oʻzining ilmi bilan butun dunyoni lol qoldirgan "Muhaddislar sultoni", "Al-Jome' as-Sahih" asari muallifi Imom al-Buxoriy shuningdek Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariylar hayot yoʻlini ibrat sifatida oʻquvchi-yoshlarga aytib oʻtdi. Shundan soʻng boshqarma boshligʻi kasb-hunar maktabining oʻquvchi yoshlar uyida boʻlib oʻquvchilarning yashash sharoiti, issiqlik tizimi holati bilan tanishib oʻquvchilarga ayni vaqtda taʼlim olishi va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishi boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.
Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш






















