29-sentabr kuni  Konimex tuman kasb-hunar maktabiga Navoiy viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig'i Ulug'berdiyev Nurbek Ruziyevich tashrif buyurib, 1-oktyabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan kasb-hunar maktabida  faoliyat yuritayotgan barcha pedagog xodimlar va ishlab chiqarish ta'lim ustalarini kasb bayrami billan tabirkladi. Shuningdek  ta'lim sohasida samarali mehnat qilib, o'quvchi-yoshlarning zamon talablari asosida kasb-hunar egallashi yo'lida, ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi fidoiyligi, kelajak avlodga ibrat maktabi bo'luvchi shijoati uchun kasb-hunar maktabi tajribali muhandist-pedagoglarni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining hamda boshqarma boshligining Tashakkurnomasi bilan taqdirladi. Jamoaning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.