Texnikumlar

Qiziltepa tuman 2-son texnikumida Germaniya delegatsiyasi tashrifi.

Germaniya taraqqiyot banki (KfW) ishtirokidagi “O‘zbekistonda kasbiy ta’limni qo‘llab-quvvatlash (1-bosqich)” loyihasi doirasida jihozlanishi rejalashtirilgan texnikumlar qatoriga kiruvchi Qiziltepa tuman 2-son texnikumiga Germaniya delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Muhim hamkorlik – Dual ta’limni rivojlantirish yo‘lida!

 Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi boshlig‘i J.Kalandarov tashabbusi bilan Navoiy  shahar Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi hamda Karmana tumani 2-son texnikumi "O‘zbekiston texnologik metallar kombinati" AJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Texnikumlarga tashrif.

Kasbiy ta’lim agentligining boshqarma boshlig‘i Navoiydagi Kasbiy ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi.

Qabul❗️

❗️1-iyuldan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabuli boshlanadi

Joriy yildagi 9-sinf bitiruvchilari hujjatlarni my.edu.uz platformasi orqali

1–20-iyul kunlari onlayn topshiradilar.

📝 Platformaga:

➖ tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma(o‘quvchining 3x4 hajmidagi fotosurati bilan) yoki ID-karta ma’lumotlari;
➖ Maktabning 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron shahodatnoma ma’lumotlari kiritiladi.

Ma’lumot uchun, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2026-yil 9-sinf bitiruvchilari 516 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarining kvotasi bu yerda:
https://t.me/z_amirqulov/434

Qolgan 512 ta texnikumlarning kvotasi esa bu yerda: https://t.me/kasb_edu/894

Zarafshon shahar 1-son texnikumi

Zarafshon shahar 1-son texnikumida 5-may – Kasb va mehnat kuni bayrami keng ko‘lamda nishonlandi. 
Bayram munosabati bilan keng qamrovli tadbirlar tashkil etildi.
Texnikumda 8 ta kasb bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi. 

Navoiy va Qashqadaryo texnikumlari o‘rtasida tajriba almashuv safarlari tashkil etildi

 Navoiy va Qashqadaryo texnikumlari: Hamkorlik, tajriba va taraqqiyot sari dadil qadam

Navoiy va Qashqadaryo texnikumlari o‘rtasida tajriba almashuv safarlari tashkil etilib, ta’lim sohasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni