❗️1-iyuldan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabuli boshlanadi
Joriy yildagi 9-sinf bitiruvchilari hujjatlarni my.edu.uz platformasi orqali
1–20-iyul kunlari onlayn topshiradilar.
📝 Platformaga:
➖ tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma(o‘quvchining 3x4 hajmidagi fotosurati bilan) yoki ID-karta ma’lumotlari;
➖ Maktabning 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron shahodatnoma ma’lumotlari kiritiladi.
Ma’lumot uchun, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2026-yil 9-sinf bitiruvchilari 516 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarining kvotasi bu yerda:
https://t.me/z_amirqulov/434
Qolgan 512 ta texnikumlarning kvotasi esa bu yerda: https://t.me/kasb_edu/894


























