Boshqarma

O‘zbek tili bayrami

21 oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni

Ona tilimiz - milliy o‘zligimiz, ma’naviy merosimiz va kelajagimiz timsolidir.

Sizlarni milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz va o‘zligimiz timsoli bo‘lgan 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Ona tilimiz — xalqimizning bebaho boyligi, millatimizning ruhi va ajdodlarimizdan qolgan muqaddas merosdir. Uning har bir so‘zida tariximiz, qadriyatlarimiz va milliy iftixorimiz mujassam.

O‘zbek tilining boyligi va nufuzini asrash, uni rivojlantirish hamda zamonaviy hayotning barcha jabhalarida keng qo‘llash barchamizning mas’uliyatimizdir.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan,
J.Kalandarov
Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i

"Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi" koʻkrak nishoni oʻz egalariga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan, Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Kasbiy ta'lim tizimi fidoyilari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.



Tantanali marosimda viloyat hokimi o‘rinbosarlari J.Xodjayev ishtirok etib, fidoyilarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Ushbu yuksak e’tirof fidoyi ustozlarimizni yangi yutuqlar sari ruhlantiradi.

Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati

“Avgust kengashi” doirasida

“Avgust kengashi” doirasida kasbiy ta’lim tashkilotlarining fidoyi rahbarlari, ta’lim tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan samarali mehnati, shijoati, ulkan tajribasi bilan kasbiy ta’limni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan qolaversa 2026-2026 o‘quv yilida qo‘lga kiritgan yutuqlari, mehnat unumdorlik darajasi hamda ko’rik-tanlovlarida ishtirok etib, faxrli o’rinlarni qo’lga qiritgan muhandis-pedagoglarga viloyat hokimi hamda viloyat hokimi o‘rinbosarining “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati

“Zamonaviy kasbiy ta’lim-sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya”

Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan joriy yilning 28-avgust kuni “Zamonaviy kasbiy ta’lim-sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” shiori ostida Kasbiy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarning “Avgust kengashi”ning yakunlovchi yalpi yig‘ilishi tashkil etildi.

SAYYOR QABUL

Nurota tuman 2-son texnikumida sayyor qabul o‘tkazildi. 
 

Navoiy va Qashqadaryo texnikumlari o‘rtasida tajriba almashuv safarlari tashkil etildi

 Navoiy va Qashqadaryo texnikumlari: Hamkorlik, tajriba va taraqqiyot sari dadil qadam

Navoiy va Qashqadaryo texnikumlari o‘rtasida tajriba almashuv safarlari tashkil etilib, ta’lim sohasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni