Tadbirlar

O‘zbek tili bayrami

21 oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni

Ona tilimiz - milliy o‘zligimiz, ma’naviy merosimiz va kelajagimiz timsolidir.

Sizlarni milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz va o‘zligimiz timsoli bo‘lgan 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Ona tilimiz — xalqimizning bebaho boyligi, millatimizning ruhi va ajdodlarimizdan qolgan muqaddas merosdir. Uning har bir so‘zida tariximiz, qadriyatlarimiz va milliy iftixorimiz mujassam.

O‘zbek tilining boyligi va nufuzini asrash, uni rivojlantirish hamda zamonaviy hayotning barcha jabhalarida keng qo‘llash barchamizning mas’uliyatimizdir.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan,
J.Kalandarov
Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i

“Zamonaviy kasbiy ta’lim-sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya”

Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan joriy yilning 28-avgust kuni “Zamonaviy kasbiy ta’lim-sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” shiori ostida Kasbiy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarning “Avgust kengashi”ning yakunlovchi yalpi yig‘ilishi tashkil etildi.

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”

 

Navoiylik yoshlar ham katta sahnada g‘olib sifatida e’tirof etildi!
Engil avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, Quruq qurilish va suvoq ishlari, Sartaroshlik va boshqa kasblar bu safar butun O‘zbekiston e’tibor markazida bo‘ldi.
Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovida Navoiy yoshlari ham sovrindorlar safidan o‘rin oldi.

Bu hali yakuni emas. Eng kuchlilar WorldSkills jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U yerda g‘oliblik uchun 1 mlrd 30 mln so‘m mukofot belgilangan.

Gʻoliblar munosib taqdirlanmoqda!

“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining viloyat bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan iqtidorli yoshlar hamda ularni tayyorlagan fidoyi pedagoglar munosib eʼtirof etilmoqda.

“Янги Ўзбекистон бунёдкорлари” миллий танлови вилоят босқичи бўлиб ўтмоқда

Айни пайтда Навоий шаҳридаги Ёшлар марказида Навоий вилояти Касбий таълим бошқармаси томонидан ташкил этилган “Янги Ўзбекистон бунёдкорлари” касбий маҳорат миллий танловининг вилоят босқичи ғолибларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтмоқда.

Davlat mustaqilligining 35 yilligi.

Davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olaylik!

“YANGI O‘ZBEKISTON BUNYODKORLARI”

“YANGI O‘ZBEKISTON BUNYODKORLARI” KASBIY MAHORAT MILLIY TANLOVI DAVOM ETMOQDA

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” — yosh kasb egalari maydoni

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” — yosh kasb egalari maydoni.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni