5-oktabr kuni Navoiy shahar kasb-hunar maktabida O‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Navoiy viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining viloyat bosqichida Navoiydagi barcha akademik litsey, kasb-hunar maktabi, texnikum va kollejlardan jamoalar ishtirok etmoqda.
Viloyat bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalar Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.






















