Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, g‘oliblarni keyinchalik milliy va xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021 yil 9 sentyabrdagi 562-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim fanlari bo‘yicha fan olimpiadasi II (tuman, shahar) bosqichi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, nodavlat ta’lim tashkilotlarining 9-11-sinf hamda kasb-hunar maktablarining 1-2 bosqich o‘quvchilari o‘rtasida joriy yilning 12-16 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.