Ilmiy-amaliy seminar: Qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirishning ilmiy-tashkiliy omillari

🔰Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish institutida “Qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirishning ilmiy-tashkiliy omillari” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

✅Seminarda professional ta’lim tizimida «Hayot davomida ta’lim olish» tamoyili asosida uzluksiz qayta tayyorlash va malaka oshirishining turli shakllarini samarali qo‘llash, innovatsion texnologiyalar asosida har bir tinglovchiga individual yondashish, kadrlarning ta’limiy ehtiyojlarini qondirish kabi yo‘nalishlarda ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

➡️Anjumanda 1800 nafarga yaqin tasarrufida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar vakillari, qayta tayyorlash va malaka oshirishga ixtisoslashgan markazlar xodimlari ishtirok etdi.