Professional_ta'lim Kollej va texnikumlarga qabul boshlandiBugundan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul (https://my.dtm.uz/service/67)” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi.