Ushbu forum Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) va“TexVET II” loyihalari va O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi, Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar alohida e’tirof etildi.
📌Shuningdek, uchrashuvda Respublika hududlaridagi kasbiy ta’lim boshqarmalari rahbarlari hamda texnikum direktorlari Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalarini imzoladi.,

























