Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati(GIZ)ning “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida xalqaro ekspert Yoaxim Lens rahbarligidagi delegatsiya 1-fevral kuni  Navbahor tuman kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida Loyiha doirasida pilot professional ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ta'lim muassasasida "Tikuvchi" lik yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan o'quvchilarga yaratigan imkoniyatlar va kelgusida o'quvchilarning bandligini ta'minlash, kelgusida dual ta'limni joriy etish  bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.