Tashriflar davomida zamonaviy o‘quv xonalari va ustaxonalar o‘rganildi, pedagogik tajribalar almashildi, o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha fikrlar bildirildi. Shuningdek, Germaniya dasturi asosida til o‘rgatish markazlari, Germaniya avestos xalqaro dasturi faoliyati, ta‘lim tashkilotida byudjitdan tashqari qo'shimcha mablag'lar topish hamda dual ta’lim tizimini rivojlantirish, ya’ni o‘qish va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu hamkorlik ikki hudud texnikumlari o‘rtasida innovatsion yondashuvlarni kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qilmoqda.