2026-yil 17-iyun kuni Navoiy viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi boshlig'i J.Kalandarovning Nurota tumanida aholi, pedagoglar va yoshlar bilan "Sayyor qabuli" uchrashuvi tashkil etildi. "Sayyor qabul" Nurota tuman 2-son texnikumida o'tkazilib, unda tuman hokimi o'rinbosari Sh.Vafoyev, "Xalq qabulxonasi" Nurota tuman bo'limi mas'ul xodimi Z.Nusratovlar ishtirok etishdi.
Tashrif buyurganlar tomonidan kasbiy ta'lim tizimiga oid muammo va takliflarini bildirishdi. Pedagog-xodimlar, ota-onalar va yoshlar tomonidan berilgan takliflar tinglandi va tegishlicha hal etilishi yuzasidan fikr va mulohazalari bildirildi.
Sayyor qabulda tumandagi texnikumlar pedagog kadrlari va o‘quvchilarning sohaga doir taklif hamda muammolari tinglandi.
📌 Tadbir yoshlar va soha vakillari uchun ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, ilgari surilgan takliflar va tashabbuslar amaliy yechimlar bilan ta’minlandi.


















