Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot olib borilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar, ayniqsa ta’lim sifati, bandlik, ekologik muammolar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ko‘plab savollar o‘rtaga tashlandi.

   Mas’ullar tomonidan har bir masala yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

   Tadbir yakunida yoshlar bilan bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, ularning faolligini oshirish va jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish muhim ekani alohida qayd etildi.