Qalam yasovchi hozirgina yo‘ngan qalamni qo‘liga olib, bunday debdi: "Mana endi dunyoga kelding, xizmatga tayyorsan. Lekin seni ishga jo‘natishdan oldin aytadigan beshta so‘zim bor. So‘zlarimdan chiqmasang, dunyodagi eng yaxshi qalam bo‘lasan:
1. Qudratingni ko‘rsatish uchun kimningdir qo‘lida bo‘lishing kerak.
2. Vaqti-vaqti bilan yo‘nilib, uchlanib turish azobiga duch kelasan. Lekin bu azob sening sifatingni saqlash uchun zarur.
3. Qilgan xatoingni tuzatish imkoniyating doimo bor.
4. Unutma, sening eng muhim boyliging ichingdagi narsangdir.
5. Sharoit, vaziyat qancha yomon bo‘lmasin, yozishda davom etishing, o‘zingdan aniq va ravshan iz qoldirishing shart"



















