Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng  joriy etishdan iboratdir. O’quv seminarda Xatirchi agrotexnologiyalar texnikumi  o'qituvchilari H.Karimova “2020-yil 4-sentabr № 465-sonli buyruq Professional talim muassasalari uchun oqitish materiallari toplamini yaratishni tashkil etish togrisida”, B.Elmurodov “Amaliy ta’lim jarayonini rivojlantirish uchun ta’lim muassasasida innovatsion metodik ishlarni tashkil etish (G’alla o’rish kombayini CLASS-130 misolida)” , Navbahor suv xo’jaligi va melitoratsiya kolleji maxsus fan o’qituvchisi B.Mansurov “Amaliyot jarayonida sohaga oid yangi texnalogiyalardan foydalanish” mavzusida ma’ruzalar bo’yicha muhokama va amaliy ko’nikmalar almashildi. Seminar yakunida ishtirokchilar Xatirchi agrotexnologiyalar texnikum ustaxonasi hamda mavjud texnikalar holati va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik darajasini o’rganish maqsadida ekskursiya uyushtirildi.