✅ 2021-yil 23-avgustda Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Navoiy viloyati yuridik texnikumi hamda huquq fani o’qituvchilari ishtirokida avgust Kengashi tashkil etildi.
🔰 Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad texnikumlarda huquq fanini tashkil etishning zamonaviy usullarini, yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirishning samarali yo’llarini hamda ta'limda kredit-modul tizimiga o'tishning ahamiyatini o’rganishdan iborat.
📄 O’quv seminarda yuridik texnikumi o’qituvchilari M.Sobirov “Yuridik ta’lim va fanni tubdan isloh etishga doir normativ-huquqiy hujjatlar”, A.Mavlonov “Kredit modul tizimiga o’tishning mazmun-mohiyati va foydali jihatlari” mavzularida ma’ruza qilishdi.
♻️ Seminar yakunida ishtirokchilar yuridik texnikum binosi va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik darajasini o’rganish maqsadida ekskursiya uyushtirishdi.






















