Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda, IT- sohasidagi ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish. O’quv seminarda Navoiy axborot texnologiyalari texnikumi maxsus fan o'qituvchisi G.Karimova “Axborot texnologiyalar sohasida raqamli texnikaning orni”, Uchquduq tuman KHM oqituvchisi N.Shodiyeva “ Dars jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalarini joriy etilishi", Navoiy shahar KHM oqituvchisi D.Jumayeva "2020-yil 4-sentabr №465-sonli buyruq Professional talim muassasalari uchun o'qitish materiallari toplamini yaratishni tashkil etish togrisida" mavzularida ma’ruza qilishdi. Seminar yakunida ishtirokchilar Navoiy axborot texnologiyalari texnikum binosi va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik darajasini o’rganish maqsadida ekskursiya uyushtirishdi




















