Bayram doirasida texnikumda kasb burchaklari tashkil etilib, har bir kasb bo‘yicha ko‘rgazmalar namoyish etildi. Shuningdek, ustozlar tomonidan ochiq darslar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Talabalar o‘rtasida sport o‘yinlari tashkil qilinib, sog‘lom raqobat muhiti yaratildi.
Bundan tashqari, “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilib, tashrif buyurgan mehmonlar va maktab o‘quvchilari texnikum faoliyati, mavjud yo‘nalishlar hamda jihozlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbir davomida o‘z kasbining yetuk vakillari hamda faol o‘qituvchi va talabalar taqdirlandi.Tadbir yakunida esa bayramona dasturxon yozilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.


















