
Tashrif davomida mehmonlar Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi boshlig‘i J.Kalandarov boshchiligida texnikumning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayoni, zamonaviy ustaxonalar hamda kasb-hunar yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, texnikumni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga oid muhim masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi hamda kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur tashrif kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.





















