12 may-hamshiralik ishi asoschisi Florens Naytingeyl (1820-1910) tug‘ilgan kunda dunyo hamshiralari o‘z kasb bayrami - Butunjahon hamshiralar kunini nishonlashadi.

Xalqaro hamshiralar kunini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 1899 yilda tuzilgan Xalqaro kengashga tegishli. Bu Avstraliya, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa mamlakatlarda hamshiralar ishni qadrlagan dunyodagi birinchi professional ayollar tashkiloti bo‘ldi.

Kengash har yili Xalqaro hamshiralar kuni shiorini belgilaydi. Ushbu shior ostida ko‘plab mamlakatlarda konferensiya, seminar va davra suhbatlari o‘tkaziladi.

Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufida taqsil olayotgan bulajak hamshiralarimizni hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan barcha hamshiralarni kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz.